Holat hukini ishlatish
Huklar - React 16.8’ga kiritilgan yangilik. Ular sizga klass yozmasdan turib holat (state) va React’ning boshqa qulayliklarini ishlatishga yordam beradi.
Sizni huklar bilan tanishtirish uchun kirish sahifasida quyidagi misolni keltirgan edik:
import React, { useState } from 'react';
function Example() {
// "count" deb nomlangan, yangi holat (state) oʻzgaruvchisini yaratish const [count, setCount] = useState(0);
return (
Siz {count} marta bosdingiz
Meni bosing
Biz huklar haqida oʻrganishni ularni klassdagi akslari bilan taqqoslagan holda boshlaymiz.
Klass orqali yozilganida
Agar React’da klasslarni ishlatgan boʻlsangiz, bu kod tanish boʻlishi kerak:
class Example extends React.Component {
constructor(props) {
super(props);
this.state = {
count: 0
render() {
return (
Siz {this.state.count} marta bosdingiz
Meni bosing
Holat { count: 0 }
kabi boshlanadi va biz this.setState()
ni chaqirish orqali, state.count
qiymatini oshiramiz. Ushbu misol parchalarini sahifa boʻylab hali koʻp ishlatamiz.
Eslatma
Nimaga haqiqiy misollar qolib shunchaki sanagichni misol tariqasida koʻryapmiz, deb oʻylayotgan boʻlishingiz mumkin. Bu bizni asosiy e’tiborimizni API’ga qaratish yoʻlida qilinmoqda, zero huklarga endigina qadam bosmoqdamiz.
Huklar hamda funksiyaviy komponentlar
Eslatish uchun, funksiyaviy komponentlar React’da ushbu koʻrinishda boʻladi:
const Example = (props) => {
// Huklarni shu yerda ishlatasiz!
return
yoki bunday:
function Example(props) {
// Huklarni shu yerda ishlatasiz!
return
Siz bularni “holatsiz komponentlar” (“stateless components”) kabi bilishingiz mumkin. Biz hozirda ushbu komponentlarda holatlarni ishlatish imkoniyatini bermoqdamiz, shuning uchun “funksiyaviy komponentlar” nomini afzal koʻramiz.
Huklar klasslarning ichida ishlamaydi. Lekin ularni klass yozmasdan turib ishlatsangiz boʻladi.
Nima oʻzi u, Huk?
Yangi misolimizni useState
ni React’ning ichidan chaqirib boshlaymiz:
import React, { useState } from 'react';
function Example() {
Huk - bu nima? Huk maxsus funksiya boʻlib, React’ning afzalliklaridan foydalanishga (hook into) yordam beradi. Misol uchun, useState
orqali funksiyaviy komponentlarga React holatini (state) qoʻsha olasiz. Boshqa huklarni keyinroq oʻrganamiz.
Hukni qachon ishlataman? Aytaylik funksiyaviy komponent yozdingiz, tasavvur qiling unga qanaqadur holat qoʻshmoqchisiz, oldinlari uni klassga oʻgirishga toʻgʻri kelardi. Endi siz funksiyaviy komponentlarni ichida Huk ishlatgan holda buni amalga ohirishingiz mumkin. Biz hozir shunday qilmoqchimiz!
Eslatma:
Komponentning qayerlarida huklarni ishlata olish hamda ishlata olmaslik haqida qoidalarimiz bor. Ular haqida Huklar uchun qoidalar boʻlimida oʻrganamiz.
Holat oʻzgaruvchisini yaratish
Klassda, count
holatni 0
deb yaratish uchun this.state
ni { count: 0 }
ga tenglashtiramiz.
class Example extends React.Component {
constructor(props) {
super(props);
this.state = { count: 0 }; }
Funksiyaviy komponentda, bizda this
yoʻq, demakki this.state
ni tayinlay yoki oʻqiy olmaymiz. Oʻrniga, useState
hukini komponentni ichidan chaqiramiz:
import React, { useState } from 'react';
function Example() {
// Declare a new state variable, which we'll call "count" const [count, setCount] = useState(0);
useState
nima ish bajaradi? U “holat oʻzgaruvchisi”ni yaratadi. Hozir oʻzgaruvchimiz count
deb nomlangan va uni boshqacha nomlay olamiz, misol uchun banana
. Bu funksiya chaqiruvlari orasida qiymatni saqlab qolishning bir yoʻli — useState
klasslardagi this.state
ta’minlaydigan qulayliklarni ishlatishning yangi koʻrinishi. Odatda, oʻzgaruvchilar funksiya tugaganidan keyin “unutiladi”, lekin holat oʻzgaruvchilarini React saqlab turadi.
Argument sifatida useState
ga nima beramiz? useState()
uchun yagona argument - bu boshlangʻich holat qiymati. Klasslardan farqli, holat obyekt boʻlishi shart emas. Yozuv yoki raqamni saqlash biz uchun yetarli boʻlsa, shularnigina saqlay olamiz. Misolimizga qarasak, bizga foydalanuvchi tugmani necha marta bosganligi kerak, shuning uchun boshlangʻich holat qiymatini 0
deb belgiladik. (Agar ikki xil qiymatlarni holatini saqlamoqchi boʻlsak, useState()
ni ikki marta chaqira olamiz.)
Bizga useState
nima qaytaradi? U qiymatlar juftligini qaytaradi: joriy holat hamda uni yangilaydigan funksiya. Shuning uchun const [count, setCount] = useState()
deb yozamiz. Bu klasslardagi this.state.count
va this.setState
larga oʻxshab ketadi, farqi ularni juftlik sifatida olasiz. Biz ishlatgan yozish uslubi (syntax) bilan tanish boʻlmasangiz, sahifaning oxirogʻida bu mavzuga yana qaytamiz.
Endi useState
huki nima qilishini bilamiz, bizning misolimiz endi yaxshiroq ma’no kasb etsa kerak:
import React, { useState } from 'react';
function Example() {
// "count" deb nomanlan holat oʻzgaruvchisini yaratamiz const [count, setCount] = useState(0);
count
deb nomlangan, 0
ga teng holat oʻzgaruvchisini yaratamiz. React qayta chizishlar orasida uning joriy qiymatini eslab qoladi va bizni eng yangi qiymat bilan ta’minlaydi. Agar count
ning qiymatini oʻzgartirmoqchi boʻlsak, setCount
ni chaqiramiz.
Eslatma
Oʻylashingiz mumkin: nima uchun
useState
nicreateState
deb nomlashmagan?“Create” ozgina noaniq boʻlib qolardi, chunki holat faqatgina komponent chizilganda yaratiladi (“create”). Keyingi chizishlar jarayonida,
useState
bizga joriy holatni berib turadi. Aks holda bu “holat” (“state”) boʻlmas edi! Nimaga huklar har doimuse
bilan boshlanishiga boshqa sabab ham bor. Bu haqida Huklar uchun qoidalar boʻlimida oʻrganamiz.
Holatni oʻqish
Klassda joriy count
ni koʻrsatmoqchi boʻlganimizda, uni this.state.count
orqali oʻqiymiz:
Siz {this.state.count} marta bosdingiz
Funksiyada, biz count
ni bevosita ishlata olamiz:
Siz {count} marta bosdingiz
Holatni yangilash
Klassda, count
ni yangilash uchun, this.setState()
ni chaqirishimiz kerak:
Funksiyada, bizda setCount
hamda count
oʻzgaruvchi sifatida bor, this
ni ishlatishimizga esa hojat yoʻq:
Takrorlash
Qani endi oʻrganganlarimizni qatorma-qator esga olamiz va bilimlarimizni tekshiramiz.
1: import React, { useState } from 'react'; 2:
3: function Example() {
4: const [count, setCount] = useState(0); 5:
6: return (
7:
8:
You clicked {count} times
11:
12:
13: );
14: }
- 1-qator: React’dan
useState
hukini chaqiramiz. U bizga ichki holat oʻzgaruvchisini saqlashga yordam beradi. - 4-qator:
Example
komponenti ichida, yangi holat oʻzgaruvchisiniuseState
hukini chaqirish orqali yaratamiz. U nomlashimiz kerak boʻlgan qiymatlar juftligini qaytaradi. Oʻzgaruvchimiz raqamga doir ma’lumot saqlangani uchuncount
deb nomlaymiz. U nol qiymatda boshlanishi uchunuseState
argumenti sifatida0
yuboramiz. Ikkinchi qaytgan qiymat funksiya hisoblanadi. Ucount
ni yangilashda yordam bergani uchunsetCount
deb nomlaymiz. - 9-qator: Foydalanuvchi tugmani bosganida,
setCount
ni qiymatini oshirgan holda chaqiramiz. Bundan keyin, Reactcount
ning yangi qiymati bilanExample
komponentini qayta chizadi.
Bir qarashda juda ham murakkab tuyilishi mumkin. Lekin, shoshilmang! Ta’rifdan chalkashib ketgan boʻlsangiz, kodni qayta tepadan pastga qarab oʻqib chiqing. Klasslardagi holat (state) qanday ishlashini unutishingizni soʻragan boʻlardik, shundan soʻng kodga yangicha nigoh bilan qaray olasiz, bu ish beradi.
Maslahat: Toʻrtburchak qavslar nimaga kerak?
Holat oʻzgaruvchilarini yaratgandagi toʻrtburchak qavslarni payqagan boʻlsangiz kerak:
const [count, setCount] = useState(0);
Chap tomondagi nomlarni React’ning API’yiga aloqasi yoʻq. Xohlagan nomingizni qoʻyishingiz mumkin:
const [fruit, setFruit] = useState('banana');
Bu yozish uslubi “massiv tarqatilishi” (“array destructuring) deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, yangi ikkita oʻzgaruvchilar boʻlmish fruit
va setFruit
larni yaratmoqdamiz, qaysiki fruit
aslida useState
dan qaytarilgan massivning birinchisi hisoblanadi, shu oʻrinda setFruit
qiymatning ikkinchisidir. Kodni quyidagicha ham yozsak boʻladi:
var fruitStateVariable = useState('banana'); // Juftlik qaytariladi
var fruit = fruitStateVariable[0]; // Juftlikni birinchisi
var setFruit = fruitStateVariable[1]; // Juftlikni ikkinchisi
useState
orqali holat oʻzgaruvchisini yaratganimizda, u juftlik qaytaradi — ikki qismli massiv. Birinchi qismi joriy qiymat, ikkinchisida shu qiymatni oʻzgartiruvchi funksiya mavjud. Bu juftlik oʻziga xos ma’noga kasb eta oladi, [0]
hamda [1]
orqali ularni olish chalkashtiruvchi boʻlishi mumkin. Shuning uchun yozish uslubi massiv tarqatilishi turidan foydalanamiz.
Eslatma
React qanday qilib
useState
qaysi komponentga tegishli ekanligini biladi deb qiziqayotgan boʻlishingiz mumkin, axir React’gathis
kabi hech narsa berib yubormayapmiz. Bu savolingizga va boshqa koʻplab savollaringizga FAQ boʻlimida javob olishingiz mumkin.
Maslahat: Bir qancha holat oʻzgaruvchilarini ishlatish
Holat oʻzgaruvchilarini juftlik [something, setSomething]
sifatida yaratish juda qulay, chunki bu bilan kerak boʻlsa har xil nomli, bittadan koʻp holat oʻzgaruvchilarini yarata olamiz:
function ExampleWithManyStates() {
// Bir necha holat oʻzgaruvchilarini yaratamiz!
const [age, setAge] = useState(42);
const [fruit, setFruit] = useState('banana');
const [todos, setTodos] = useState([{ text: 'Learn Hooks' }]);
Yuqoridagi komponentda, bizda age
, fruit
va todos
ichki oʻzgaruvchilar bor va ularni birma bir yangilay olamiz:
function handleOrangeClick() {
// this.setState({ fruit: 'orange' }) ga oʻxshash
setFruit('orange');
Bir nechta holat oʻzgaruvchilarini ishlatishingiz shart emas. Holat oʻzgaruvchilari obyekt yoki massivlarni oʻzida saqlay oladi, anglashiladiki bir-biriga bogʻliq ma’lumotlarni guruhlasangiz boʻladi. Biroq bunda, oʻzgaruvchini klasslardagi this.setState
kabi birlashtirilmaydi, balki almashtiriladi.
Holat oʻzgaruvchilarini bir-biridan ajratish toʻgʻrisida maslahatlarga FAQ’da toʻxtalib oʻtganmiz.
Keyingi qadamlar
Ushbu sahifada React tomonidan taqdim etilayotgan useState
nomli huk haqida oʻrgandik. Yana ba’zi paytlarda uni “holat huki” deb ham nomlaymiz. U React’ning funksiyaviy komponentlariga ichki holat qoʻshib beradi — bunaqasi hali boʻlmagan.
Biz yana huklar oʻzi nima ekanligi haqida ham birqancha bilimlarga ega boʻldik. Huk maxsus funksiya boʻlib, React’ning afzalliklarini funksiyaviy komponentlarda ishlatishga yordam beradi. Ularning nomlari use
bilan boshlanadi, hali biz koʻrmagan huklar ham bor.
Qani endi useEffect
hukini oʻrganishga kirishamiz. Ushbu huk klasslardagi hayotiy jarayon metodlariga oʻxshaydi. Hamda sizga komponent ichida tashqi ta’sir koʻrsatishga yordam beradi.