We want to hear from you!Take our 2020 Community Survey!

Holat va hayotiy ketma-ketlik

Bu sahifa React komponentidagi holat(state) va hayotiy ketma-ketlik(lifecycle) tushunchalarini tanishtiradi.Bu yerda batafsil komponentinig API ma’lumotnomasini topa olasiz.

Oldingi bo’limlarning namunalardan biridagi soatga e’tibor bering. Elementlarni chizish bo’limida, biz faqat foydalanuvchi interfeysini(UI) yangilashni bir yo’lini o’rgandik. Biz chizilgan natijani o’zgartirish uchun ReactDOM.render()ni chaqiramiz:

function tick() {
const element = (

Salom, dunyo!

Hozir soat {new Date().toLocaleTimeString()}.

ReactDOM.render(    element,    document.getElementById('root')  );}

setInterval(tick, 1000);

CodePenda sinab ko’ring

Bu bo’limda, biz qanday qilib Clock komponentini rostdan ham qayta ishlaydigan va jamlangan qilishni o’rganamiz. Soat komponenti o’zinig taymerini o’rnatadi va har sekundda o’zini yangilaydi.

Biz soat qanday ko’rinishini yig’ishdan boshlaymiz:

function Clock(props) {
return (

Salom, dunyo!

Hozir soat {props.date.toLocaleTimeString()}.

function tick() {
ReactDOM.render(
<Clock date={new Date()} />,    document.getElementById('root')

setInterval(tick, 1000);

CodePenda sinab ko’ring

Ammo, u muhim talabni bajarmadi: bu fakt shuki taymerni o’rnatish va foydalanuvchi interfeysini har soniyada yangilashini Clock komponenti o’zi amalga oshirish kerak.

Ideal holda biz bu Clock komponentini bir marta yozishni va o’zi yangilanishini hohlaymiz:

ReactDOM.render(
<Clock />,  document.getElementById('root')

Buni amalga oshirish uchun, biz Clock komponentiga “holat(state)” ni qo’shishimiz kerak.

Holat(State) kiritmalarga(props) o’xshash, lekin u shaxsiy va komponent tomonidan to’liq nazorat qilinadi.

Funksiyani klassga aylantirish

Siz Clock ga o’xshash funksiyaviy komponentni besh qadamda klass komponentiga aylantira olasiz:

1. Bir xil nom bilan React.Componentdan vorislik oladigan ES6 klassni yarating.
2. Klassga bitta bo’sh render() deb nomlangan metod qo’shing.
3. Funksiyaning tanasini render() metodiga ko’chiring.
4. render() metodi tanasidagi props o’zgaruvchini this.props bilan o’zgartiring.
5. Qolgan bo’sh funksiyani o’chiring.
class Clock extends React.Component {
render() {
return (

Salom, dunyo!

Hozir soat {this.props.date.toLocaleTimeString()}.

CodePenda sinab ko’ring

Clock hozir funksiya sifatida emas klass sifatida belgilangan.

Har doim yangilanish sodir bo’lganida render metodi chaqiriladi, lekin agarda biz <Clock /> komponentini bir DOM tuguniga(node) chizsak, Clock klassining faqat bir modeli(instance) foydalaniladi. Bu bizga qo’shimcha imkoniyatlar jumladan lokal holat va hayotiy ketma-ketlik metodlaridan foydalanishga ruhsat beradi.

Lokal holatni klassga qo’shish

Biz dateni kiritmalardan(props) holatga(state) uch qadamda ko’chiramiz:

1. render() metodidagi this.props.date ni this.state.date bilan almashtiring:
class Clock extends React.Component {
render() {
return (

Salom, dunyo!

Hozir soat {this.state.date.toLocaleTimeString()}.

1. Boshlang’ich this.stateni tayinlaydigan klass konstruktorini qo’shing:
class Clock extends React.Component {
constructor(props) {
super(props);
this.state = {date: new Date()};  }

render() {
return (

Salom, dunyo!

Hozir soat {this.state.date.toLocaleTimeString()}.

Qnaday qilib propsni asosiy konstruktorga o’tkazganimizga etibor bering:

constructor(props) {
super(props);    this.state = {date: new Date()};

Klass komponentlari har doim asosiy konstruktorni props bilan chaqirishi kerak.

1. <Clock /> elementidan date xususiyatini o’chiring:
ReactDOM.render(
<Clock />,  document.getElementById('root')

Keyinchalik taymer kodini komponentning o’ziga qaytaramiz.

Natija shunday ko’rinadi:

class Clock extends React.Component {
constructor(props) {    super(props);    this.state = {date: new Date()};  }
render() {
return (

Salom, dunyo!

Hozir soat {this.state.date.toLocaleTimeString()}.

ReactDOM.render(
<Clock />,  document.getElementById('root')

CodePenda sinab ko’ring

Keyin, biz Clock komponenti o’zi taymer o’rnatatadigan va har soniyada yangilaydigan qilamiz.

Adding Lifecycle Methods to a Class

Ko’p komponentlarga ega ilovalarda, komponentlar yo’q qilinganda ular tomonidan olingan resurslarni bo’shatish juda muhim.

Biz taymer o’rnatishni hohlaymiz qachonki Clock komponenti DOMga birinchi marta chizilganda va bu Reactda “mounting” deb ataladi.

Shuningdek, biz taymerni to’xtatishni hohlaymiz qachonki Clock komponenti tomonidan yaratilgan DOM olib tashlanganda va bu Reactda “unmounting” deb nomlanadi.

Biz komponent o’rnatilganda(mount) va yechilganda(unmount) biror kod bajarish uchun klass komponentida maxsus metodlarni e’lon qilishimiz mumkin:

class Clock extends React.Component {
constructor(props) {
super(props);
this.state = {date: new Date()};

componentDidMount() {  }
componentWillUnmount() {  }
render() {
return (

Salom, dunyo!

Hozir vaqt {this.state.date.toLocaleTimeString()}.

Bu metodlar hayotiy ketma-ketlik metodlari(“lifecycle methods”) deb ataladi.

componentDidMount() metodi komponent natijasi DOMga chizilgandan keyin ishlaydi. Bu taymer o’rnatish uchun juda yaxshi joy:

componentDidMount() {
this.timerID = setInterval(      () => this.tick(),      1000    );  }

Taymer IDni qanday saqlaganimizga e’tibor bering (this.timerID).

this.props React o’zi tomonidan o’rnatilgan va this.state maxsus ma’noga ega. Agar siz ma’lumot oqimida qatnashmaydigan narsalarni (masalan, taymer identifikatori) saqlashingiz kerak bo’lsa, siz qo’lda klassga qo’shimcha maydonlarni qo’shishingiz mumkin..

Taymerni componentWillUnmount() hayotiy ketma-ketlik metodida yo’q qilamiz:

componentWillUnmount() {
clearInterval(this.timerID);  }

Va nihoyat, biz Clock komponentini har soniyada ishlatadigan tick() metodini qo’llaymiz.

Komponent lokal holatiga yangilanishlarni rejalashtirish uchun u this.setState() dan foydalanadi:

class Clock extends React.Component {
constructor(props) {
super(props);
this.state = {date: new Date()};

componentDidMount() {
this.timerID = setInterval(
() => this.tick(),
1000

componentWillUnmount() {
clearInterval(this.timerID);

tick() {    this.setState({      date: new Date()    });  }
render() {
return (

Salom, dunyo!

Hozir vaqt {this.state.date.toLocaleTimeString()}.

ReactDOM.render(
<Clock />,
document.getElementById('root')

CodePenda sinab ko’ring

Endi soat har soniyada ishlaydi.

Keling, nima bo’layotganini va metodlar chaqirilish tartibini tezlik bilan takrorlaylik:

1. <Clock /> komponenti ReactDOM.render() ga o’tkazilganda, React Clock komponentining konstruktorini chaqiradi. Clock joriy vaqtni ko’rsatishi kerak bo’lganligi sababli, u “this.state” ni joriy vaqtni o’z ichiga olgan ob’ekt bilan boshlaydi. Keyinchalik bu holatni yangilaymiz.
2. React keyin Clock komponentining render() metodini chaqiradi. Shunday qilib, React ekranda nimani ko’rsatish kerakligini bilib oladi. React keyin DOMni Clock komponenti ko’rsatuviga mos keladigan tarzda yangilaydi.
3. DOMga Clock natijasi kiritilganda, React componentDidMount() hayotiy ketma-ketlik metodini chaqiradi. Uning ichida Clock komponenti brauzerdan sekundiga bir marta tick() metodini chaqirish uchun taymerni o’rnatishni so’raydi.
4. Har soniyada brauzer tick() metodini chaqiradi. Uning ichida Clock komponenti joriy vaqtni o’z ichiga olgan ob’ekt bilan setState()ni chaqirib, UI yangilanishini rejalashtiradi. setState() chaqiruvi tufayli React holat o’zgarganini biladi va ekranda nima bo’lishi kerakligini bilish uchun render() usulini qayta chaqiradi. Bu safar render() usulidagi this.state.date har xil bo’ladi, shuning uchun renderning qaytargan natijasi yangilangan vaqtni o’z ichiga oladi. React DOMni shunga mos ravishda yangilaydi.
5. Agar Clock komponenti DOMdan o’chirilsa, React componentWillUnmount() hayotiy ketma-ketlik metodini chaqiradi, shuning uchun taymer to’xtatiladi.

Holatdan to’g’ri foydalanish

setState() haqida siz bilishingiz kerak bo’lgan uchta narsa bor.

Holatni to’g’ridan to’g’ri o’zgartirmang

Masalan, bu komponentni qaytadan chizmaydi:

// Wrong
this.state.comment = 'Salom';

Uning o’rniga setState()dan foydalaning:

// Correct
this.setState({comment: 'Salom'});

siz this.stateni tayinlay oladigan yagona joy bu konstruktor.

Holat yangilanishlari asinxron bo’lishi mumkin

React ko’p setState() chaqiruvlarini bittaga tezkorlik uchun guruhlashi mumkin.

Chunki this.props va this.state asinxron tarzda yangilanishi mumkin, keyingi holatni hisoblashda ularning qiymatlariga tayanmaslik kerak.

Misol uchun, bu kod hisoblagichni yangilay olmasligi mumkin:

// Wrong
this.setState({
counter: this.state.counter + this.props.increment,

Buni tuzatish uchun ob’ektni emas, funktsiyani qabul qiladigan setState() ning ikkinchi shaklidan foydalaning. Bu funktsiya “oldingi holat”ni birinchi argument sifatida va yangilanishlar bo’lganda “props”ni ikkinchi argument sifatida qabul qiladi:

// Correct
this.setState((state, props) => ({
counter: state.counter + props.increment

Biz yuqorida ko’rsatkich funksiyadan foydalandik, lekin u oddiy funktsiyalar bilan ham ishlaydi:

// Correct
this.setState(function(state, props) {
return {
counter: state.counter + props.increment

Holat yangilanishlari birlashtiriladi

Qachonki siz setState()ni chaqirganingizda, React obyektni siz taqdim qilgan hozirgi holatga birlashtiradi.

Masalan, sizning statetingiz bir nechta mustaqil o’zgaruvchilarni o’z ichiga olishi mumkin:

constructor(props) {
super(props);
this.state = {
posts: [],      comments: []    };

Keyin siz mustaqil ravishda alohida setState() chaqiruvlari bilan yangilay olasiz:

componentDidMount() {
fetchPosts().then(response => {
this.setState({
posts: response.posts      });

fetchComments().then(response => {
this.setState({
comments: response.comments      });

Birlashish sayoz, shuning uchun this.setState ({comments}) this.state.posts ‘ni buzmasdan qoldiradi, lekin this.state.comments ni to’liq almashtiradi.

Ma’lumotlar pastga qarab oqadi

Ota(parent) ham, bola(children) komponentlari biror maxsus komponentning holatli(stateful) yoki holatsiz(stateless) ekanligini bila olmaydi va ular maxsus komponentning funktsiya yoki klass sifatida belgilanishi haqida o’ylamaydi.

Shuning uchun holat ko’pincha loakl yoki birlashgan deb nomlanadi. Unga egalik qiladigan va o’rnatgan komponentdan boshqa hech qaysi komponent kira olmaydi.

Komponent o’z holatini bola komponentlariga kiritmalar sifatida o’tkazishni tanlashi mumkin:

<FormattedDate date={this.state.date} />

FormattedDate komponenti date ni kiritmalarda oladi va u Clock holatidan, Clock kiritmalaridan kelganini yoki qo’lda yozilganligini bilmaydi:

function FormattedDate(props) {
return
Hozir soat {props.date.toLocaleTimeString()}.

CodePenda sinab ko’ring

Bu odatda “yuqoridan pastga” yoki “bir tomonlama” ma’lumotlar oqimi deb ataladi. Har qanday holat har doim ma’lum bir komponentga tegishli va bu holatdan olingan har qanday ma’lumotlar yoki foydalanuvchi interfeysi faqat daraxtda(tree) undan “pastda” joylashgan komponentlarga ta’sir qilishi mumkin.

Agar siz komponent daraxtni kiritmalar sharsharasi deb tasavvur qilsangiz, har bir komponentning holati qo’shimcha suv manbaiga o’xshaydi, u o’zboshimchalik bilan birlashadi, lekin u pastga qarab harkatlanadi.

Barcha komponentalar chindan ham izolyatsiya qilinganligini ko’rsatish uchun biz uchta Clock ni ko’rsatadigan App komponentini yaratishimiz mumkin:

function App() {
return (

<Clock />      <Clock />      <Clock />

ReactDOM.render(
<App />,
document.getElementById('root')

CodePenda sinab ko’ring

Har bir Clock o’z taymerini o’rnatadi va mustaqil ravishda yangilanadi.

React ilovalarida komponentning holatli yoki holatsiz ekanligi komponentni amalga oshirish tafsiloti hisoblanadi va bu vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Holatsiz bo’lgan komponentlarni holatli komponentlar ichida ishlatishingiz mumkin va aksincha.

Is this page useful?Edit this page